Murojaatlar bilan ishlash tizimi haqida gap ketganda, odatda "davlat choralar ko'ryapti" degan javobni eshitamiz. To'g'ri, ko'ryapti. Shu yil 1-aprelda PF-51-son Farmon qabul qilindi va unda ancha jiddiy talablar bor. Lekin farmonning qabul qilinishi bir gap, bajarilishi boshqa gap.

Men shu farmondan bitta bandni oldim-da, ijrosini o'zim tekshirib ko'rdim. Bu 3-bandning "j" kichik bandi. Unda yozilishicha, Qoraqalpog'iston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman va shahar hokimlari har chorakda kamida bir marta OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali murojaatlar bilan ishlash faoliyati haqida "keng jamoatchilikka batafsil axborot" berishi kerak.

Nega aynan shu band? Chunki uni tekshirish uchun hech kimdan ruxsat so'rash shart emas. Hisobot bo'lsa, u ochiq sahifada turadi. Bo'lmasa, yo'q.

Ro'yxatim 222 ta nomdan iborat bo'ldi: Vazirlar Kengashi Raisi, 12 ta viloyat hokimi, Toshkent shahar hokimi va 208 ta tuman, shahar hokimi. Har birining rasmiy Telegram kanalini qidirdim. Ko'pchiligini gov.uz dagi hokimlik sahifasidan topdim, qolganlarini viloyat kanallarida e'lon qilingan ro'yxatlardan. Keyin har bir kanal ichida "murojaat", "Xalq qabulxonasi", "chorak", "yarim yil", "brifing" so'zlari bilan qidirdim.

Rostini aytsam, ish kutganimdan ancha uzoq cho'zildi. Telegram bir necha marta so'rovlarimni cheklab qo'ydi, ayrim kanallarga ikkinchi, uchinchi marta qaytishga to'g'ri keldi. Ba'zi joylarda "hokimlik" nomli kanal topasan-u, qarasang, 9 ta obunachisi bor. Boshqasi 2022-yildan beri jim.

Nimani hisobot deb sanash kerakligini boshidanoq belgilab oldim, keyin o'zimni aldab qo'ymaslik uchun. Kanalda oy, chorak yoki yarim yil davomida nechta murojaat kelgani va nechtasi hal bo'lgani yozilgan bo'lsa, yoki hokim murojaatlar bo'yicha brifing o'tkazgan bo'lsa, bu to'liq axborot. Raqamni hokim emas, Xalq qabulxonasi xodimi Kengash sessiyasida aytgan bo'lsa, yoki "hisobot eshitildi" degan xabar bor-u ichida bitta ham raqam bo'lmasa, buni qisman deb oldim. "Payshanba kuni hokim fuqarolarni qabul qiladi" degan e'lon esa hisobot emas, farmon "batafsil axborot" deydi.

Yana bir gap. Farmon "har chorakda kamida bir marta axborot beriladi" deydi, ya'ni axborot qachon berilgani muhim. Shuning uchun iyulda chiqqan yarim yillik hisobotlarni III chorakka yozdim. Kimdir buni qattiqqo'llik deyishi mumkin, lekin farmon matni shunday.

Natija

Chiroyli emas.

II chorak (aprel–iyun)III chorak (27-sentabrgacha)
To'liq axborot416
Qisman axborot911
Axborot topilmadi175161
Rasmiy kanal topilmadi3434
Bajarilish darajasi5,9%12,2%

Aprel, may va iyun davomida 222 tadan faqat to'rttasi to'liq axborot bergan. To'qqiztasini qisman deb hisobladim. Jami 5,9 foiz. Bu chorakda birorta viloyat hokimi ham, Vazirlar Kengashi Raisi ham talabga to'liq javob beradigan narsa joylamagan.

III chorakda 16 ta to'liq va 11 ta qisman axborot topdim, bu 12,2 foiz. O'sish bor, lekin uning deyarli hammasi iyulda chiqqan yarim yillik hisobotlardan kelgan. Chorak 30-sentabrda yopiladi, oxirgi kunlarda yana bir nechtasi chiqib qolar. Umumiy manzarani bu o'zgartirmaydi.

Meni ko'proq boshqa raqam o'ylantirdi. 153 ta subyektda ikki chorak davomida murojaatlar haqida birorta davriy axborot yo'q. Yana 34 tasining faol rasmiy kanalini umuman topa olmadim. Rasmiy sahifasi bo'lmagan hokimlik ijtimoiy tarmoq orqali qanday hisobot beradi, bu alohida savol.

Viloyatlar darajasida

III chorakda uchta viloyat hokimi talabni to'liq bajardi. Jizzax viloyati hokimi o'z kanalida yarim yilda kelgan 20 049 ta murojaat bo'yicha ancha tanqidiy tahlil joyladi. Toshkent viloyatida olti oyda 40 mingga yaqin murojaat mavzular bo'yicha tahlil qilingani e'lon qilindi. Buxoro iyul oyi murojaatlari bo'yicha infografika chiqardi.

Samarqand, Surxondaryo va Toshkent shahrida axborot bor, ammo to'liq emas. Samarqanddagi 39,9 ming murojaat haqidagi tahlil Xalq qabulxonasi nomidan berilgan. Surxondaryoda ham 44,9 ming murojaat haqidagi raqam qabulxona yig'ilishi haqidagi xabarda keltirilgan. Poytaxt hokimligi kanali esa "Xalq nazorati" portalining haftalik statistikasini joylab turadi. Bu ham foydali, lekin portal jadvali hokimning o'z faoliyati haqidagi hisobot emas.

Qashqadaryo hokimi iyunda murojaatlar bo'yicha jurnalistlar uchun brifing o'tkazgan, faqat post matnida raqam yo'q.

Vazirlar Kengashi Raisi, Andijon, Farg'ona, Xorazm, Namangan, Navoiy va Sirdaryo hokimlarining kanallarida III chorakda hozircha hech narsa topmadim, Qashqadaryoda ham shu chorakda yo'q. Farg'ona bo'yicha adolatli bo'lishim kerak: ularda choraklik statistika gov.uz saytida PDF qilib qo'yilgan. Lekin sayt ijtimoiy tarmoq emas, farmon esa aynan ijtimoiy tarmoq yoki OAVni talab qiladi.

Hududlar bo'yicha

HududSubyektlarII chorakda axborot berganIII chorakda axborot bergan
Qoraqalpog'iston1800
Andijon1714
Buxoro1431
Farg'ona2041
Jizzax1403
Xorazm1424
Namangan1501
Navoiy1206
Qashqadaryo1720
Samarqand1702
Sirdaryo1200
Surxondaryo1601
Toshkent viloyati2303
Toshkent shahri1311
Jami2221327

Qoraqalpog'iston va Sirdaryoda 30 ta hokimlikning birortasida talabga mos axborot yo'q. Samarqandda deyarli har ikkinchi, Toshkent viloyatida har uchinchi hokimlikning faol kanalini topa olmadim.

Navoiy esa kutilmagan tomondan ochildi. 8-iyuldan 21-iyulgacha oltita tuman va shahar hokimligi yarim yillik murojaatlar hisobotini chiqardi, aksariyati bir xil "#BRIFING" formatida. Karmana, Xatirchi va Tomdi hokimlari brifing o'tkazdi, Navoiy shahri va Konimex infografika berdi. Ikki haftada bir xil formatda. Bu tasodif emas. Menimcha, viloyatdan kimdir telefon qilib "qilinglar" degan. Qilishdi ham. Boshqa viloyatlarda bunday telefon bo'lmagan ko'rinadi.

Rosti, bir nechta tuman meni xursand qildi. Farg'onadagi So'x tumani hokimligi har oy murojaatlar tahlilini chiqaradi: may oyida ham, avgustda ham 94 tadan murojaat kelgan, qaysi masalalar ko'tarilgani ham yozilgan. Xorazmdagi Hazorasp iyun oxirida va avgustda infografika joylagan. Ikkala chorakda ham to'liq axborot bergan faqat shu ikki tuman.

Xonqa tumani yarim yilda 1 714 ta murojaat kelgani, shundan faqat 648 tasi ijobiy hal bo'lganini yozgan. Bu 41,5 foiz. Maqtanadigan raqam emas, lekin ular yashirishmagan, men buni qadrlayman. Bog'dod aprelda 145 ta murojaatdan 84 tasi hal bo'lganini e'lon qilgan. Andijondagi Qo'rg'ontepa va Marhamat sentabrdan haftalik hisobot bera boshladi.

Yuzlab post ko'rdim, deyarli hammasi bir xil. "Murojaat" so'zi uchragan postlarning ko'pi qabul e'loni. Keyin bitta qabul kunining natijasi keladi, masalan "bugun 30 nafar fuqaro qabul qilindi, 18 ta masala joyida hal etildi". Undan keyin respublika statistikasining repostlari.

Bular yomon emas. Faqat hisobot ham emas. Bir kunlik 30 ta murojaatdan tumandagi umumiy ahvolni bilib bo'lmaydi. Chorakda nechta murojaat kelgan, nechtasi hal bo'lgan, qaysi masala qayta-qayta ko'tarilyapti, qaysi idora ustidan ko'proq shikoyat bor, shularga javob yo'q. Farmon esa aynan shuni so'rayapti.

Yana bir narsa. Ko'p tumanlarda murojaatlar bo'yicha raqamni hokim emas, Xalq qabulxonasi xodimi aytadi, odatda Kengash sessiyasida. Kogon tumani, Qorovulbozor, Shofirkon, Ko'kdala, Samarqand shahri, Chinoz, Yangiobodda shunday. Ba'zi joylarda sessiyada murojaatlar ko'rilgani yoziladi-yu, raqam berilmaydi. Paxtaobodda sessiyada hokimning olti oylik hisoboti eshitilgan, lekin jamoatchilik undan bitta raqam ham ko'rmadi.

Farmon javobgarlikni hokimga yuklagan. Raqamni boshqa idora aytsa, qog'ozda axborot berilgan bo'ladi, lekin hokim o'z ishi uchun odamlar oldida gapirmagan bo'ladi. Bu mayda farq emas.

Menimcha, bu tekshiruvning asosiy xulosasi raqamlarda emas. Farmon talabi hokimlarning o'ziga tegishli, uni bajarish uchun na pul, na qo'shimcha shtat kerak. Shunga qaramay, pastdagi bo'g'inlar, ko'rib turganimizdek, farmonning o'ziga emas, yuqoridan keladigan qo'ng'iroqqa qarab ishlaydi. Navoiy shuni isbotladi. Norma o'zi ishlamayapti, kimdir eslatsagina ishlayapti.

Men advokatman, shuning uchun meni masalaning huquqiy tomoni ham qiziqtiradi. Farmon talabi bajarilmasa, buning oqibati bo'lishi kerak. Hozir esa 153 ta hokimlik ikki chorak jim turdi va bu haqda hech kim gapirmayapti. Ijrosini hech kim so'ramaydigan norma bir-ikki yilda oddiy yaxshi niyatga aylanib qoladi. Buni ko'p ko'rganmiz.

Faqat Telegram kanallarini ko'rdim. Kimdir hisobotni Instagram, Facebook yoki mahalliy gazetada bergan bo'lishi mumkin. Telegram qidiruvi har so'rovda 20 ga yaqin eng yangi postni ko'rsatadi, eskilari ko'zdan qochgan bo'lishi mumkin. Video va infografikalar ichidagi raqamlarni hamma vaqt ham o'qiy olmadim. III chorak hali tugamagan.

Shuning uchun biror hokimlik hisobot bergan bo'lsa-yu, men topmagan bo'lsam, havolasini yuboring, ro'yxatni tuzataman. To'liq jadval maqolaning oxirida, har bir hokimlik bo'yicha men ko'rgan kanal va dalil havolasi bilan.

Oktabr boshida III chorak yakuni bo'yicha yana tekshiraman.

Ilova. Har bir hokimlik bo'yicha tekshiruv natijalari

Holat: 2026-yil 27-sentabr. "II chorak" va "III chorak" ustunlaridagi rangli yozuvlar dalil postiga havola.

Umumiy ko'rsatkichlar (daraja bo'yicha)

DarajaChorakTo'liqQismanYo'qAniqlanmadiJamiBajarilgan
Respublika va viloyatII021201414,3%
Tuman va shaharII47163342085,3%
JamiII49175342225,9%
Respublika va viloyatIII33801442,9%
Tuman va shaharIII1381533420810,1%
JamiIII16111613422212,2%
№HududSubyektRasmiy kanalII chorakIII chorakIzoh
1Qoraqalpog'istonVazirlar Kengashi Raisit.me/QResMinistrlerKenesiYo'qYo'qFaqat alohida qabul xabarlari; davriy statistika yo'q
2Qoraqalpog'istonAmudaryo tumanit.me/press_AmuwdaryaYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
3Qoraqalpog'istonBeruniy tumanit.me/beruniy_newsYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va jadvallari
4Qoraqalpog'istonBo'zatov tumanit.me/bozataw_uzYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; choraklik faqat byudjet hisobotlari
5Qoraqalpog'istonKegeyli tumanit.me/kegeylirkuzofficialYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
6Qoraqalpog'istonQonliko'l tumanit.me/kanlikulnewsYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; kanal rasmiyligi gov.uz orqali tasdiqlanmadi
7Qoraqalpog'istonQorao'zak tumanit.me/QaraozekHakimligiYo'qYo'qQidiruv natija bermadi; davriy statistika yo'q
8Qoraqalpog'istonQo'ng'irot tumanit.me/qongiratrkuzYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
9Qoraqalpog'istonMo'ynoq tumanit.me/Muynak_PressYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari va vakansiyalar
10Qoraqalpog'istonNukus tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
11Qoraqalpog'istonTaxtako'pir tumanit.me/Taxtakopir_pressYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; murojaat yig'ilishi raqamsiz; milliy statistika repostlari
12Qoraqalpog'istonTo'rtko'l tumanit.me/turtkulhokim_uzYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 27-sessiyada murojaat hisoboti yo'q
13Qoraqalpog'istonXo'jayli tumanit.me/xodjeyli_rkYo'qYo'qFaqat hokim qabuli xabarlari
14Qoraqalpog'istonChimboy tumanit.me/shimbayrkYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; III chorak sayyor qabul jadvali bor
15Qoraqalpog'istonShumanay tumanit.me/Shomanay_rayonYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
16Qoraqalpog'istonEllikqal'a tumanigov.uz/oz/ellikqala/news/view/157355AniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi; gov.uz sahifasida ijtimoiy tarmoq havolasi yo'q
17Qoraqalpog'istonTaxiatosh tumanit.me/pressTaqiyatasYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari (asosan prokuror qabullari)
18Qoraqalpog'istonNukus shahrit.me/nukus_pressaYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; statistikalar faqat Prezident murojaatnomasidan
19AndijonAndijon viloyatit.me/andpressYo'qYo'qFaqat respublika statistikasi repostlari, hokim sayyor qabul/muloqot yoritmalari
20AndijonAndijon shahrit.me/andijan_pressYo'qYo'qKengash sessiyalarida qabulxona axboroti tilga olingan, raqamsiz
21AndijonXonobod shahrit.me/XonobodpressTo'liqQismanII chorak: I chorak natijalari infografikasi; III chorak: Xalq qabulxonasidagi shaxsiy qabullar natijalari (112 murojaat, 83 tasi hal)
22AndijonAndijon tumanit.me/andregionpressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va sayyor qabul yoritmalari
23AndijonAsaka tumanit.me/asakapressaYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
24AndijonBaliqchi tumanit.me/baliqchi24_yangiliklariYo'qYo'qKengashda qabulxona 2-chorak tahlili qayd etilgan, raqamsiz
25AndijonBo'ston tumanit.me/bostonpressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
26AndijonBuloqboshi tumanit.me/buloqboshipressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari (har hafta hokim qabuli)
27AndijonIzboskan tumanit.me/izboskanpress_uzYo'qYo'qFaqat qabul yoritmalari va respublika statistikasi repostlari
28AndijonJalaquduq tumanit.me/jalaquduqpressYo'qYo'qFaqat alohida qabul kunlari natijalari (masalan 25.09: 30 murojaat)
29AndijonXo'jaobod tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
30AndijonQo'rg'ontepa tumanit.me/wwwkurgantepauzYo'qTo'liqHaftalik hisobot: 157 murojaat, 128 tasi hal (81,5%)
31AndijonMarhamat tumanit.me/marhamatpressYo'qTo'liqHaftalik hisobot: 20 murojaat, 9 tasi hal
32AndijonOltinko'l tumanit.me/oltin_pressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va juma qabullari yoritmasi
33AndijonPaxtaobod tumanit.me/paxtaobod_pressYo'qQismanSessiyada hokimning 6 oylik hisoboti tinglangan, raqamlar e'lon qilinmagan
34AndijonShahrixon tumanit.me/shahrixontumaniYo'qYo'qFaqat qabul va yoshlar uchrashuvlari xabarlari
35AndijonUlug'nor tumanit.me/UlugnorpressaYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va jadvallari
36BuxoroBuxoro viloyatit.me/buxorouz_officialYo'qTo'liqIyul oyi murojaatlar tahlili infografikasi
37BuxoroBuxoro shahart.me/buxoroshahhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari, davriy hisobot topilmadi
38BuxoroKogon shahart.me/kogonuz_officialYo'qYo'qFaqat sayyor qabul xabarlari
39BuxoroBuxoro tumanit.me/Buxorotuman_officalYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; raqamli davriy hisobot yo'q
40BuxoroG'ijduvon tumanit.me/gijduvon_uz_officialYo'qYo'qFaqat qabul/muloqot xabarlari
41BuxoroJondor tumanit.me/jondortumanYo'qYo'qSessiyada I chorak axboroti eshitilgan, raqamsiz
42BuxoroKogon tumanit.me/kogontumanhokimligiQismanYo'qKengash sessiyasida Xalq qabulxonasining I chorak axboroti
43BuxoroOlot tumanit.me/olottumaniYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2644 murojaat soliq organiga oid
44BuxoroPeshku tumanit.me/peshkuhokimiyatYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; yangi hokim avgustda ish boshlagan
45BuxoroQorako'l tumanit.me/QorakoluzofficialYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
46BuxoroQorovulbozor tumanit.me/qorovulbozortumanQismanYo'qKengash sessiyasi: I chorakda 148 murojaat (Xalq qabulxonasi axboroti)
47BuxoroRomitan tumanit.me/romitanhokimiyatYo'qYo'qFaqat alohida qabul natijalari (masalan 15 murojaat, 9 hal)
48BuxoroShofirkon tumanit.me/Shofirkon_matbuotxizmatiQismanYo'qKengash sessiyasi: I chorakda 1 038 murojaat, 405 tasi hal (Xalq qabulxonasi axboroti)
49BuxoroVobkent tumanit.me/Vobkent_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat "Har bir murojaat – e'tiborda" qabul xabarlari
50Farg'onaFarg'ona viloyatit.me/fvhokimligiYo'qYo'qTelegramda raqamli hisobot yo'q; 2026-07-13 yig'ilish (https://t.me/fvhokimligi/47873) raqamsiz; gov.uz'da II chorak PDF (2026-07-30)
51Farg'onaFarg'ona shahart.me/fargonauzpressYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; kengashda 1-chorak ma'lumoti tinglangan (https://t.me/fargonauzpress/57658), raqamsiz
52Farg'onaMarg'ilon shahart.me/mshhmxxQismanYo'qXalq qabulxonasining 3 oylik hisoboti (506 ta ijobiy hal)
53Farg'onaQo'qon shahart.me/qoqonshaharhokimligiYo'qYo'q2026-08-05 murojaatlar yig'ilishi raqamsiz (https://t.me/qoqonshaharhokimligi/40803)
54Farg'onaQuvasoy shahart.me/quvasoy_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari va respublika reposlari
55Farg'onaBog'dod tumanit.me/bagdodim_newsTo'liqYo'qHokimlikka kelgan murojaatlarning 3 oylik tahlili: 145 ta, 84 tasi hal
56Farg'onaBeshariq tumanit.me/beshariq_tumani_AXYo'qYo'qFaqat respublika statistikasi repostlari
57Farg'onaBuvayda tumanit.me/BuvaydaaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-07-08 komissiya posti raqamsiz (/26799)
58Farg'onaDang'ara tumanit.me/dangarahokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-07-13 yig'ilish raqamsiz (/30196)
59Farg'onaFarg'ona tumanit.me/FargonaTumaniHokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-08-06 Kengash sessiyasi raqamsiz (/46066)
60Farg'onaFurqat tumanit.me/furqataxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat sayyor qabul e'lonlari va natijalari (kirill)
61Farg'onaOltiariq tumanit.me/oltiariqtumanihokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-09-16 matbuot anjumani raqamsiz (/62470)
62Farg'onaQo'shtepa tumanit.me/qoshtepatumanhokimligiYo'qYo'qBir kunlik qabul hisobotlari; 2026-07-03 yig'ilish raqamsiz (/71507)
63Farg'onaQuva tumanit.me/quvaaxborothizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari va respublika statistikasi reposlari
64Farg'onaRishton tumanit.me/RISHTON_24Yo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va xabarlari; 208989 O'zkomnazorat reposti
65Farg'onaSo'x tumanit.me/suxliklarsTo'liqTo'liqOylik murojaatlar tahlili: may va avgustda 94 tadan
66Farg'onaToshloq tumanit.me/toshloq_axborot_xizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; /48494 O'zkomnazorat hisoboti, hokimniki emas
67Farg'onaUchko'prik tumanit.me/uchkoprik_axborot_xizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
68Farg'onaO'zbekiston tumanit.me/uzbaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
69Farg'onaYozyovon tumanit.me/yozyovon24QismanYo'qXalq qabulxonasining 3 oylik hisoboti (197 ta ijobiy hal)
70JizzaxJizzax viloyatit.me/jizzaxviloyatihokimligiYo'qTo'liq6 oylik tanqidiy tahlil: 20 049 murojaat
71JizzaxJizzax shahrit.me/jizzaxshaharhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va viloyat postlari reposti
72JizzaxArnasoy tumanit.me/ArnasoyPlusYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
73JizzaxBaxmal tumanit.me/baxmal_tumani_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
74JizzaxDo'stlik tumanit.me/dustliktumanihokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; statistik post 2026-03-14 (davrdan oldin)
75JizzaxForish tumanit.me/forishtumaniYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
76JizzaxG'allaorol tumanit.me/gallaorolhokimligiYo'qTo'liq6 oy: 1 520 murojaat, 50% hal
77JizzaxSharof Rashidov tumanit.me/Sharof_Rashidov_tuman_hokimligYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va viloyat reposti
78JizzaxMirzacho'l tumanit.me/mirzachultumaniYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
79JizzaxPaxtakor tumanigov.uz/oz/paxtakor/contactsAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
80JizzaxYangiobod tumanit.me/yangiobod_pressYo'qQismanKengash sessiyasida Xalq qabulxonasining 6 oylik hisoboti: 271 murojaat
81JizzaxZafarobod tumanit.me/zafarobod_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va viloyat reposti
82JizzaxZarbdor tumanit.me/Zarbdor24kanalYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
83JizzaxZomin tumanit.me/Zomin_tuman_hokimligiYo'qYo'qKengashda 6 oylik hisobot (2026-07-28, /101752), raqamlarsiz
84XorazmXorazm viloyatit.me/xorazm_uz_rasmiyYo'qYo'q2026-07-02 yarim yillik yig'ilish xabari raqamsiz (t.me/xorazm_uz_rasmiy/17840)
85XorazmUrganch shahrit.me/urganchshahar_uzYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va xabarlari
86XorazmXiva shahrit.me/khiva_city_pressYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari (alohida qabul raqamlari)
87XorazmBog'ot tumanit.me/bogottumanihokimligikanaliYo'qYo'qQidiruv natija bermadi; respublika statistikasi reposti
88XorazmGurlan tumanit.me/gurlanhokimlikYo'qTo'liq1-yarim yillik murojaatlar tahlili infografikasi
89XorazmHazorasp tumanit.me/Hazorasp_hokimligiTo'liqTo'liqYarim yillik murojaatlar infografikasi
90XorazmXiva tumanit.me/Xiva_tumanYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
91XorazmXonqa tumanit.me/xonqahokimiyatYo'qTo'liq1-yarim yillik: 1 714 murojaat, 648 tasi ijobiy hal (41,5%)
92XorazmQo'shko'pir tumanit.me/QushkupiruzYo'qYo'qFaqat sayyor qabul xabarlari
93XorazmShovot tumanit.me/shovothokimlikYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; respublika statistikasi reposti
94XorazmUrganch tumanit.me/Urganch_tuman_newsAniqlanmadiAniqlanmadiT.me qidiruvi ishlamadi; telemetr'da faqat so'nggi qabul e'lonlari
95XorazmYangiariq tumanit.me/pressa_YangiariqQismanQismanIjro apparati rahbarining video brifinglari; post matnida raqam yo'q
96XorazmYangibozor tumanit.me/yangibozor_hokimligiYo'qYo'qQidiruv natija bermadi; respublika statistikasi reposti
97XorazmTuproqqal'a tumanit.me/tuproqqala_uzYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari (#QABUL)
98NamanganNamangan viloyatit.me/namvilhokYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-07-28 matbuot anjumani (t.me/namvilhok/237832) raqamsiz, Xalq qabulxonasi bilan
99NamanganNamangan shahart.me/axborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-08-07 kengash kun tartibida Xalq qabulxonasi II chorak axboroti (148733)
100NamanganDavlatobod tumanit.me/davlatobodhokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiOchiq rasmiy kanal topilmadi
101NamanganYangi Namangan tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
102NamanganChortoq tumanit.me/chortoqhokimligiuzYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari va milliy statistika repostlari
103NamanganChust tumanit.me/ChusttumanhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari/xabarlari
104NamanganKosonsoy tumanit.me/kosonsoyhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
105NamanganMingbuloq tumanit.me/mingbuloq_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
106NamanganNamangan tumanit.me/namangantumanhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
107NamanganNorin tumanit.me/norin_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
108NamanganPop tumanit.me/pophokimligiYo'qQismanQabul postida: so'nggi bir oyda 53 ta murojaat ijobiy hal
109NamanganTo'raqo'rg'on tumanit.me/turakurganaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
110NamanganUchqo'rg'on tumanit.me/uchkurganhokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiFaol rasmiy kanal topilmadi
111NamanganUychi tumanit.me/uychihokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 6 oylik hisobot adliya bo'limiga tegishli (170383)
112NamanganYangiqo'rg'on tumanit.me/yangiqorganhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
113NavoiyNavoiy viloyatit.me/navoiy_hokimligiYo'qYo'qViloyat hokimi hisoboti topilmadi; faqat tuman qabul/brifing xabarlari
114NavoiyNavoiy shahrit.me/Navoiy_shahar_axborot_xizmatYo'qTo'liq1-yarim yillik infografika: 2 910 murojaat
115NavoiyZarafshon shahrit.me/zarafshon_shahar_axborot_xizmatYo'qYo'qQidiruv natija bermadi; "murojaatlar" qidiruvi 429 bilan bloklandi
116NavoiyG'ozg'on shahriTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
117NavoiyKarmana tumanit.me/karmana_tumani_axborot_xizmatiYo'qTo'liqHokimning 1-yarim yillik murojaatlar brifingi
118NavoiyKonimex tumanit.me/konimex_tumani_axborot_xizmatiYo'qTo'liq1-yarim yillik murojaatlar infografikasi
119NavoiyQiziltepa tumanigov.uz/oz/qiziltepa/contactsYo'qYo'qFaqat haftalik qabul xabarlari; murojaatlar brifingi topilmadi
120NavoiyNavbahor tumanit.me/navbahor_tumani_axborot_xizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; "brifing" qidiruvi 429 bilan bloklandi
121NavoiyNurota tumanit.me/navoiy_hokimligiYo'qTo'liqHokim brifingi viloyat kanalida; tumanning o'z kanali topilmadi
122NavoiyTomdi tumanit.me/tomdi_tumani_axborot_xizmatiYo'qTo'liq1-yarim yillik murojaatlar brifingi (video)
123NavoiyUchquduq tumanit.me/uchquduq_tumani_axborot_xizmatiYo'qYo'qMurojaatlar #BRIFING topilmadi; faqat qabul xabarlari
124NavoiyXatirchi tumanit.me/Xatirchi_tuman_hokimligiYo'qTo'liqHokimning 1-yarim yillik murojaatlar brifingi
125QashqadaryoQashqadaryo viloyatit.me/qashvilhokimligiQismanYo'qHokimning murojaatlar bo'yicha OAV brifingi; post matnida raqam yo'q
126QashqadaryoQarshi shahrit.me/qarshishaharhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va seminarlar
127QashqadaryoShahrisabz shahrit.me/shahrisabz_shahar_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; davriy hisobotlar eski (2024)
128QashqadaryoChiroqchi tumanit.me/chiroqchi_pressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
129QashqadaryoDehqonobod tumanit.me/dehqonobodpressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va ichki yig'ilishlar, raqamsiz
130QashqadaryoG'uzor tumanit.me/guzorpressYo'qYo'qIchki yig'ilishlar (2026-05-14, 06-08, 07-10) raqamsiz; qabul e'lonlari
131QashqadaryoKasbi tumanit.me/Kasbi_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
132QashqadaryoKitob tumanit.me/kitab_districtYo'qYo'qFaqat haftalik qabul e'lonlari
133QashqadaryoKoson tumanit.me/kosontumani_uzYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
134QashqadaryoKo'kdala tumanit.me/Kukdala_uzQismanYo'qKengash sessiyasi: I chorakda 948 murojaat, 361 tasi ijobiy (Xalq qabulxonasi)
135QashqadaryoMirishkor tumanit.me/MIRISHKORPRESSYo'qYo'q2026-08-13 G'ulomovning deputatlik 2-chorak hisoboti (60788), raqamsiz
136QashqadaryoMuborak tumanit.me/muborakinfoYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
137QashqadaryoNishon tumanit.me/NishonhokimligiYo'qYo'qQabul e'lonlari; 57130 doimiy komissiya qarori, raqamsiz
138QashqadaryoQamashi tumanit.me/kamashi24Yo'qYo'qQidiruv natija bermadi; q=murojaat rate-limit sababli ochilmadi
139QashqadaryoQarshi tumanit.me/qarshi_tuman_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiRasmiy kanal topilmadi (topilganlari ochiq lenta emas/soxta)
140QashqadaryoShahrisabz tumanit.me/Shahrisabz_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; faqat bitta kalit so'z tekshirildi
141QashqadaryoYakkabog' tumanit.me/yakkabog_tuman_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiRasmiy faol kanal topilmadi (topilganlari 3-8 obunachi)
142SamarqandSamarqand viloyatit.me/samviloyatihokimligiYo'qQisman6 oylik tahlil (39,9 ming murojaat) Xalq qabulxonasi nomidan
143SamarqandSamarqand shahrit.me/samshaharYo'qQismanKengash sessiyasida Xalq qabulxonasining 6 oylik axboroti: 6 284 murojaat
144SamarqandKattaqo'rg'on shahriTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
145SamarqandBulung'ur tumanit.me/Bulungur_pressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va sayyor qabul xabarlari
146SamarqandIshtixon tumanit.me/Ishtixon_tuman_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiTopilgan kanal 2022 dan beri faol emas; amaldagi kanal topilmadi
147SamarqandJomboy tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
148SamarqandKattaqo'rg'on tumanit.me/kattakurgon_tumanYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
149SamarqandQo'shrabot tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiRasmiy kanal topilmadi (t.me/Qoshrabot norasmiy yangiliklar kanali)
150SamarqandNarpay tumanit.me/Narpay_tuman_hokimligiYo'qYo'qSessiyada 6 oylik axborot tinglangani haqida qisqa xabar, raqamsiz
151SamarqandNurobod tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
152SamarqandOqdaryo tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
153SamarqandPaxtachi tumanit.me/Ziyovuddin_PaxtachiYo'qYo'q2026-07-03 tahliliy yig'ilish xabari (71918), raqamlarsiz; asosan qabul e'lonlari
154SamarqandPayariq tumanit.me/PAYARIQ_TUMANI_HOKIMLIGIYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
155SamarqandPastdarg'om tumanit.me/pastdargomuzYo'qYo'qFaqat alohida qabullardagi murojaat soni (~30-50 ta)
156SamarqandSamarqand tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
157SamarqandToyloq tumanit.me/toyloq_hokimligiYo'qYo'qSessiyada 6 oylik murojaatlar muhokamasi xabari, raqamsiz
158SamarqandUrgut tumanit.me/Urgut_tuman_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiTopilgan kanal bo'sh (postlar yo'q); rasmiy kanal topilmadi
159SirdaryoSirdaryo viloyatit.me/SirdaryoUzYo'qYo'qFaqat sayyor qabul natijalari; 2026-07-09 Xalq qabulxonasi yarim yillik yig'ilishi (t.me/SirdaryoUz/33507)
160SirdaryoSirdaryo tumanit.me/sirdaryotumanpressYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va viloyat sayyor qabullari repostlari
161SirdaryoGuliston shahrit.me/GulistanUzYo'qYo'qFaqat qabul/ochiq muloqot postlari; XQ yarim yillik repost (25787)
162SirdaryoYangiyer shahrit.me/yan_pressaYo'qYo'qFaqat alohida qabul natijalari; Kengash kun tartibida XQ II chorak axboroti (24207)
163SirdaryoBoyovut tumanit.me/BoyovutliklarYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va sayyor qabul natijalari
164SirdaryoOqoltin tumanit.me/oqoltin_yangiliklariYo'qYo'qFaqat qabul postlari; 2026-05-04 ijro intizomi yig'ilishi, raqamsiz
165SirdaryoSayxunobod tumanit.me/Sayxunobod_tumani_hokimligiYo'qYo'qFaqat haftalik qabul natijalari (masalan 30 fuqaro, 18 hal)
166SirdaryoGuliston tumanit.me/GulistontumanhokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiTelegram kanal topilmadi; faqat Facebook sahifasi ma'lum
167SirdaryoXovos tumanit.me/xovostumaniAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
168SirdaryoMirzaobod tumanit.me/mirzaobod_tumani_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi; faqat Facebook sahifasi ma'lum
169SirdaryoSardoba tumanit.me/sardoba_tumani_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
170SirdaryoShirin shahrit.me/shirinshaharAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
171SurxondaryoSurxondaryo viloyatit.me/axborot_xizmatiYo'qQismanXalq qabulxonasi yig'ilishi: 1-yarim yilda 44,9 ming murojaat
172SurxondaryoAngor tumanigov.uz/oz/angor/contactsAniqlanmadiAniqlanmadiRasmiy kanal topilmadi; angortumanhokimligi bo'sh, norasmiy
173SurxondaryoBandixon tumanigov.uz/oz/bandikhan/contactsYo'qYo'qKengashda Xalq qabulxonasi axboroti raqamsiz (t.me/Bandixonthaxborotxizmati/49368)
174SurxondaryoBoysun tumanit.me/boysunaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va qabul xabarlari
175SurxondaryoDenov tumanit.me/dthaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; davriy statistika topilmadi (bitta kalit so'z)
176SurxondaryoJarqo'rg'on tumanit.me/jarmatbuotxizmatiYo'qYo'qFaqat sayyor qabul xabarlari; choraklik faqat Tashabbusli budjet
177SurxondaryoQiziriq tumanit.me/qiziriq_tuman_mxYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari, davriy hisobot topilmadi
178SurxondaryoQumqo'rg'on tumanit.me/qum_axborotYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; ?q=chorak 429 sabab o'qilmadi
179SurxondaryoMuzrabot tumanit.me/muzrabot_tumanYo'qYo'qFaqat alohida qabullar soni (52, 74, 76 ta murojaat)
180SurxondaryoOltinsoy tumanit.me/oltinsoy_tumani_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabullar; 33447 (2026-07-30) viloyat 44,9 ming murojaati, tuman emas
181SurxondaryoSariosiyo tumanit.me/sariosiyohokimligiYo'qYo'qFaqat alohida qabullar statistikasi va qabul e'lonlari
182SurxondaryoSherobod tumanit.me/sherobodmatbuotxizmatiYo'qYo'q13-mart shtab xabari bor; davriy murojaat hisoboti topilmadi
183SurxondaryoSho'rchi tumanit.me/shurchi_khokimiyatYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari va rasmiy munosabatlar
184SurxondaryoTermiz tumanit.me/termiztumanhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari; 2026-09-19 "Xalq bilan muloqot" TV efiri (41288)
185SurxondaryoUzun tumanit.me/uzun_ax_xYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
186SurxondaryoTermiz shahrigov.uz/oz/termizsh/contactsYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va alohida qabullar
187Toshkent viloyatiToshkent viloyatit.me/toshvilpressaYo'qTo'liqYarim yillik yig'ilish: 6 oyda ~40 ming murojaat, mavzular kesimida
188Toshkent viloyatiNurafshon shahart.me/NurafshonpressaYo'qYo'qFaqat alohida qabul xabarlari (mas. 2026-08-12 /61018)
189Toshkent viloyatiOlmaliq shahart.me/Olmaliq_shahriAniqlanmadiAniqlanmadiFaol rasmiy kanal topilmadi
190Toshkent viloyatiAngren shahart.me/angrenhokimligi_7Yo'qQismanKengashda hokimning yarim yillik axboroti, raqamsiz
191Toshkent viloyatiBekobod shahart.me/bekobodshaharhokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiFaol rasmiy kanal topilmadi
192Toshkent viloyatiChirchiq shahart.me/CHIRCHIQ_RASMIYYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va alohida qabullar
193Toshkent viloyatiOhangaron shahart.me/ohangaronshaharYo'qYo'qFaqat qabul/yig'ilish xabarlari, raqamli davriy hisobot yo'q
194Toshkent viloyatiYangiyo'l shahart.me/yangiyulshaharYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; 2026-07-20 /61261 raqamsiz muhokama
195Toshkent viloyatiBekobod tumanit.me/BekobodtumanihokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
196Toshkent viloyatiBo'ka tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
197Toshkent viloyatiBo'stonliq tumanit.me/Bustonliq_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari
198Toshkent viloyatiChinoz tumanit.me/chinozpressaYo'qQismanXalq qabulxonasi 6 oy: 1 372 murojaat, 92,7% qanoatlantirilgan
199Toshkent viloyatiQibray tumanit.me/qibraytumaniaxborotxizmatiYo'qYo'qFaqat qabul xabarlari (mas. 2026-09-05 /64145)
200Toshkent viloyatiOhangaron tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
201Toshkent viloyatiOqqo'rg'on tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
202Toshkent viloyatiParkent tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
203Toshkent viloyatiPiskent tumanit.me/PiskentHokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiAmaldagi rasmiy kanal topilmadi
204Toshkent viloyatiQuyichirchiq tumanit.me/quyi_chirchiq_pressaYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
205Toshkent viloyatiO'rtachirchiq tumanit.me/urta_chirchiq_hokimligiYo'qYo'qFaqat haftalik alohida qabul natijalari
206Toshkent viloyatiYangiyo'l tumaniTopilmadiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal topilmadi
207Toshkent viloyatiYuqorichirchiq tumanit.me/yuqorichirchiq_hokimiyatYo'qYo'qLotin/kirill qidiruv natija bermadi
208Toshkent viloyatiZangiota tumanit.me/zangiota_tumani_hokimligiYo'qYo'q2026-yanvardan yangi kanal; faqat sayyor qabul natijalari
209Toshkent viloyatiToshkent tumanit.me/toshkenttumanihokimligiYo'qYo'qYarim yillik shtab yig'ilishi xabari, raqamsiz
210Toshkent shahriToshkent shahrit.me/poytaxt_uzQismanQismanFaqat "Xalq nazorati" portalining haftalik statistikasi
211Toshkent shahriBektemir tumanit.me/bektemirhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari/lavhalari va shahar portali repostlari
212Toshkent shahriChilonzor tumanit.me/chilonzor_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; tahlil yig'ilishlari raqamsiz (masalan /89892)
213Toshkent shahriMirobod tumanit.me/mirobod_tuman_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; oxirgi raqamli hisobot 2025 yil 9 oyi uchun
214Toshkent shahriMirzo Ulug'bek tumanit.me/Hokimiyat_MirzoUlugbekYo'qYo'q2026 yanvar-fevral hisoboti bor (/66735), keyingisi topilmadi
215Toshkent shahriOlmazor tumanit.me/olmazorhokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari va javob xatlari
216Toshkent shahriSergeli tumanit.me/SergelihokimiyatiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
217Toshkent shahriShayxontohur tumanit.me/ShayxontohurYo'qYo'qFaqat qabul lavhalari va shahar portali repostlari
218Toshkent shahriUchtepa tumanit.me/uchtepahokimligiYo'qYo'qFaqat qabul lavhalari; sohaviy chorak brifinglarida murojaat hisoboti yo'q
219Toshkent shahriYakkasaroy tumanit.me/yakkasaroy_hokimiyatiYo'qYo'qFaqat alohida qabul natijalari (masalan 22 murojaat, 16 hal)
220Toshkent shahriYashnobod tumanit.me/yashnobod_hokimligiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari; tekshiruv posti raqamsiz (/37534)
221Toshkent shahriYunusobod tumanit.me/yunusobodhokimiyatiYo'qYo'qFaqat qabul e'lonlari
222Toshkent shahriYangihayot tumanit.me/yangihayot_hokimligiAniqlanmadiAniqlanmadiKanal (@yangihayot_hokimligi) bor, lekin web-preview yopiq, qidirib bo'lmadi
  • To'liq davr bo'yicha murojaatlar soni va natijasi yozilgan hisobot, infografika yoki hokim brifingi.
  • Qisman raqamlar Xalq qabulxonasi nomidan yoki sessiyada berilgan, faqat portal statistikasi, yoki hisobot haqidagi xabarda raqam yo'q.
  • Yo'q kanal topildi, lekin faqat qabul e'lonlari va alohida qabul natijalari bor.
  • Aniqlanmadi faol rasmiy kanal topilmadi yoki qidirib bo'lmadi.